Алишер К. Зайнутдинов ҳуқуқнинг турли соҳаларида кўп йиллик иш тажрибасига эга.
Алишер К. Зайнутдинов ўзининг меҳнат фаолиятини 1998 йилда Тошкент шаҳар Ҳокимлиги ҳузуридаги Мева-сабзовотларни сотиш ва ярим маҳсулотларни ишлаб чиқариш 1-сонли Давлат корхонасида (http://tashkent.uz) юристконсульт лавозимидан бошлаган.
2000 йилда Жиноят ишлари бўйича Тошкент шаҳар Мирзо Улуғбек туманлараро судига курьер вазифасига ишга қабул қилиниб, ундан сўнг суд котиби лавозимига ўтказилган, суд девонхона бўлими бошлиғи лавозимига кўтарилган (http://supcourt.uz).
2002-2005 йиллар мобайнида Алишер Зайнутдинов, бугунги кунда “Ўзбекэкспертиза” ОАЖга ташкилий–ҳуқуқий шакли ўзгартирилган, “Ўзбекэкспертиза” Республика хўжалик ҳисобидаги Бирлашма (ҳозирги вақтда товарлар ва маҳсулотларни сертификациялаш соҳасида етакчи хизмат кўрсатувчи, товарларни ортишолди инспекция қилиш ва Ўзбекистон ҳудудида товарларнинг келиб чиқишини сертификатлаштириш фаолияти билан шуғулланадиган ташкилот)нинг юридик бўлимининг бошлиғи лавозимида ишлаган.
2005 йилда, Европа реконструкция ва ривожлантириш банкининг кичик тадбиркорликни ривожлантиришга қаратилган “Япония-Ўзбекистон кичик тадбиркорликнинг ривожлантириш программаси(J-USBP)” лойиҳаси юзасидан юрисконсульт сифатида LFS Financial Systems GmbH (http://lfs-consulting.de) жамоаси сафига қўшилган. 2006 йил июнь ойидан 2007 йил февраль ойигача Алишер Зайнутдинов Баку шаҳрида жойлашган Озарбайжон микро молиявий банкининг Юридик департаментида амалиёт ўтаган (http://www.accessbank.az).
2007 йилдан Зайнутдинов Алишер Кудратуллаевич мустақил адвокатлик амалиётини «ALEKSTA YURE» Адвокатлик фирмасида бошлаган, шу ерда у адвокатнинг турли судларда иштироки юзасидан ҳаётий тажриба орттирган.
Якка тартибда адвокатлик фаолиятини амалга ошириш мақсадида 2009 йилда Адвокат Алишер К. Зайнутдинов «VIRTUS LEO» Адвокатлик бюросини таъсис этган. 2015 йил 27 январь куни «VIRTUS LEO» Адвокатлик бюроси «VIRTUS LEO» Адвокатлик фирмасига ташкилий-ҳуқуқий шакли ўзгартирилган, Адвокатлик фирмаси таъсисчиларининг қарори билан, Адвокат Зайнутдинов Алишер Кудратуллаевичга фирмани бошқариш ишониб топширилган бўлиб, у Адвокатлик фирмаси Бошқарувчи шериги этиб тайинланди.
Алишер К. Зайнутдинов аҳолининг ҳуқуқий саводҳонлигини оширишда фаол иштирок этади. 2002 йилдан 2004 йилга қадар “Ёшлар” телерадиоканалида “Мутахассис маслаҳати” юридик кўрсатувининг иштирокчиси, 2012 йилда “Тошкент” телеканалининг “Сизнинг адвокатингиз” кўрсатувининг иштирокчиси, “Ўзбекистон” телерадиоканали томонидан олинадиган махсус кўрсатувлар иштирокчиси.
Адвокат Алишер К. Зайнутдинов ўзининг кўп йиллик иш тажрибасига таянган ҳолда, ҳуқуқ амалиётининг кенг соҳларида ўз хизматини кўрсата олади.
Odinabonu Oybek qizi Abdukaxxorova yuridik sohada, ayniqsa intellektual mulk huquqi, korporativ huquq va mehnat huquqi sohalarida katta tajribaga ega.
O'z huquqshunoslik faoliyatini Odinabonu Oybek qizi Abdukaxxorova 2010 yilda "Toshneftgazqurilish" AJ ishlab chiqarish bo'limida huquqshunos yordamchisi bo'lib boshlagan (http://www.tngk.uz). 2012 yilda u "VIRTUS LEO" advokatlik byurosiga o`z faoliyatini advokat yordamchisi sifatida davom ettirdi, so'ngra o'z faoliyatini advokat stajyori sifatida davom ettirib 2014 yilda malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani qo`lga kiritdi. 2015 yildan boshlab Odinabonu Oybek qizi Abdukaxxorova "VIRTUS LEO" advokatlik firmasida kichik hamkor sifatida hozirgi vaqtda qadar faoliyat yuritib kelmoqda.
2022 yilda Odinabonu Oybek qizi Abdukaxxorova patent vakili kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi va intellektual mulk huquqi sohasidagi ilmiy ishlarini taqdim etdi. Shu yili intensiv ta'lim dasturini muvaffaqiyatli tugatib, mediator maqomini oldi. 2023 yil may-iyul oylarida Odinabonu Oybek qizi Abdukaxxorova litsenziya imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, hozirda tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari va geografik nomlar, shuningdek ixtirolar va foydali modellar bo'yicha patent vakili sifatida mijozlarga xizmat ko`rsatmoqda.
Odinabonu Oybek qizi Abdukaxxorova, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari qo'mitalari Federatsiyasi va Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tashkil etilgan "Mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis" maqolalar tanlovining g'olibi hisoblanadi. Shuningdek, u 2015 yil 1 mayda "Davlatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda mehnat qonunchiligini rivojlantirish muammolari"ga bag'ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etgan.
Intellektual mulk huquqi, mehnat huquqi va korporativ huquq sohasidagi noyob tajribasi tufayli Odinabonning advokati Oybek qizi Abdukaxxorova tadbirkorlik huquqi sohasidagi keng ko'lamli muammolarni samarali hal qilishga qodir.
Farrux Farxod o`g`li Ixtiyorov huquqshunos sifatida o`zining bilimini charhlash, tajribasini oshirib, huquqning turli sohalaradi, xususan korporativ huquq, biznes huquqi yutuqlari bilan jamoamizning yosh, kuchga to`la mutaxasislaridandir.
O'z huquqshunoslik faoliyatini Farrux Farxod o`g`li Ixtiyorov 2022 yil iyul oyida "Akfa University" MCHJ (Hozirgi CAU) yuridik bo'limida huquqshunos yordamchisi bo'lib boshlagan (https://www.akfauniversity.uz). 2022 yil sentyabrda u "VIRTUS LEO" advokatlik firmasiga o`zining advokatlik karyerasini qurish maqsadida o`tib, hozirgi kunga qadar advokat stajori sifatida davom ettirib kelmoqda.
Farrux Farxod o`g`li Ixtiyorovning tajriba va bilim orttirish sayohat faqatgina firmamiz va Akfa universiteti bilan cheklanmasdan, o`qish jarayonida turli davlat organlarida amaliyot o`tab zarur bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan. Xususan Navoiy viloyat Karmana tuman prokuraturasida, Nukush Shahar adliya boshqarmasida va Nukus tumanlararo iqtisodiy sudida amaliyot o`tab amaliy ko`nikmalarga ega bo`lgan.
Farrux Farxod o`g`li Ixtiyorov faqatgina O`zbekistondagi amaliy, nazariy bilimlar bilan cheklanibgina qolmasdan, Coursera Onlayn ta`lim platformasi va University of Pennsylvania tomonidan tashkillashtirilgan Intellektual mulk huquqi mutaxassiligi o`quv kursini muvaffaqiyatli ta`momlab Intellektual mulk huquqi mutaxassi sertifikatini olgan.
Farrux Farxod o`g`li Ixtiyorov jamoat ishlarida ham faol qatnashib 2018-2022 yillar davomida O`zbekiston Yoshlar ittifoqida volontyor sifatida a`zo bo`lib, jamiyatning huquqiy ongini o`stirish, yordamga muxtoj oilalarga yordam berish, maktab ta`lim muassasalarida qonunlar, huquqiy ong borasida seminar treninglar tashkil qilgan.
Magistrlik dissertatisyasini tayyorlash doirasida O`zbekiston Respublikasi elektron tijorat qonunchiligini takomillashtirish masalalarini o`rganish, AQSH va Xitoy tajribasini tahlil qilib, elektron tijorat qonunchiligini takomillashtirish bo`yicha asosli va dozlarb takliflar ishlab chiqgan.
Intellektual mulk huquqi, biznes huquqi va korporativ huquq sohasida mutaxasis bo`lish istagi va to`xtamasdan turli ishlard tajriba orttirayotganligi uning kelajakdagi advokat sifatidagi yutuqlariga zamin yaratadi.
Muxammadjon Xusanboy o‘g‘li Akramov huquqshunos sifatida olib boriladigan har qanday tadqiqotga yuqori darajadagi energiya, bilim va tajriba bilan bir qatorda, sadoqat, ijodiy intellekt va yuqori darajadagi qiziqishni namoyon etadi. U huquqning ko‘plab sohalarida, xususan fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, korporativ huquq va biznes huquqi doirasida bilimi va tajribasi bilan har qanday qiyinchiliklarga tayyor yosh mutaxasislaridandir.
O‘zining mehnat faoliyatini Muxammadjon Xusanboy o‘g‘li Akramov 2022 yil iyun oyida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayhonoxur tumanlararo sudida sudya yordamchisi sifatida boshlagan (https://www.sud.uz). 2023 yil iyun oyida "VIRTUS LEO" advokatlik firmasiga o‘zining advokatlik karyerasini qurish maqsadida o‘tib, hozirgi kunga qadar advokat stajori sifatida davom ettirib kelmoqda.
Muxammadjon Xusanboy o‘g‘li Akramovning huquqshunoslik borasidagi tajribasi faqatgina ish faoliyati bilan cheklanib qolmasdan, u Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi, Marg‘ilon soliq inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida amaliyot o‘tab zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan.
Muxammadjon Xusanboy o‘g‘li Akramov faqatgina O‘zbekistondagi amaliy, nazariy bilimlar bilan cheklanibgina qolmasdan, Toshkent davlat yuridik universiteti va Nagoya universiteti tomonidan tashkil etilgan “Mehnat va mehnat nizolarini hal qilish” o‘quv kursida qatnashib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, u, Toshkent davlat yuridik universiteti va Regional Dialogue NNT tomonidan tashkil etilgan Restorative Justice (tiklovchi odil sudlov) o‘quv kursini tamomlab, bitiruv imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirgan holda, tegishhli sertifikatni qo‘lga kiritgan.
Muxammadjon Xusanboy o‘g‘li Akramov Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Davlat va huquq nazariyasi” fani doirasida tashkil etilgan bilimlar bellashuvida 3-o‘rinni egallagan holda, tegishli sertifikat bilan taqdirlangan.
Muxammadjon Xusanboy o‘g‘li Akramov ilmiy faoliyatdan tashqari sport soxasida ham faol bo‘lib, bir necha sport musobaqalarida – 16.09.2019 yilda “armwrestling” sport turida ikki marta 1-o‘rinni hamda 13.12.2019 Toshkent shahrida joylashgan oliy o‘uv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “armwrestling” sport turida ikki marta 1-o‘rinni egallagan va tegishli diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan tadirlangan.
Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlash uchun yozgan bitiruv malakaviy ishidan 100 balldan 86 ball olgan holda, uning bitiruv malakaviy ishi komissiya a’zolari tomonidan Bosh prokuratura akademiyasi talabalari o‘rganishi uchun tavsiya etilgan.
Uning Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichini tamomlash uchun yozilgan magistrlik dissertatsiyasi masofaviy savdoda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish usullari va vositalari hamda mazkur soxadagi asosiy muammolar tahlil qillingan holda, ularni bartaraf etish uchun aniq takliflar ilgari surilgan.
Muxammadjon Xusanboy o‘g‘li Akramovning yuqorida sanab o‘tilgan faoliyati uning kelajakda yetuk huquqshunos-advokat bo‘lib yetishishida muhim rol o‘ynaydi.
М.Axmedshayeva, М. Akramov Konstitutsiya va Gender tenglik masalalari
Akramov Muxammadjon Graduate student of Tashkent State Law University The role and importance of corporate governance in protecting the rights of consumers in the field of electronic commerce - R.A.P (reandpub.uz)
Akramov Muxammadjon O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini sud orqali himoya qilish masofaviy savdoda iste’molchi huquqlarini himoya qilishning usuli sifatida - R.A.P (reandpub.uz).
Viktoriya Vyacheslavovna Kim turli tashkilotlarda orttirilgan ko'p yillik tajribaga ega yetuk mutaxasisdir. Viktoriya Vyacheslavovna Kim buxgalteriya hisobotlari va moliya, soliqlar, tashqi savdo amaliyotlari bo'yicha chuqur bilimga ega, shuningdek, tadbirkorlikning turli sohalarida buxgalteriya amaliyotlarini muvaffaqiyatli boshqargan malakali hisobchidir.
Viktoriya Vyacheslavovna Kim o`z ish faoliyatini 2007 yilda OSMON NURLI KELAJAK nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasida bosh hisobchi sifatida boshlab, muassasaning buxgalterlik ishlarini to`liq amalga oshirgan. Soliq masalalari, mahsulotlarni qabul qilish, shartnomalar, qilingan ishlar hisobotini tayyorlash kabi vazifalarni bilan shug`illangan.
Viktoriya Vyacheslavovna Kim o`z 2008-yil iyul oyidan 2018-yil noyabrigacha TRIAD-MEDIA-INFO XK kompaniyasida bosh hisobchi bo'lib ishlagan. Ushbu jamiyatda Info-Buxgalter dasturida avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritishni muvaffaqiyatli tashkillashtirish, kompaniyaning moliyaviy hisobotlarining to'g'riligi va o'z vaqtida topshirilishini ta`minlash kabilar bilan shug`illangan. Shuningdek, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni amalga oshirish, tashkilotning moliyaviy barqarorligini ta`minlash, sotuv jaroyonini nazorat qilish, shuningdek jamiyat tomonidan tuziladigan shartnomalarning nazoratini amalga oshirish bilan shug`illangan.
Viktoriya Vyacheslavovna Kim 2012-yil mart oyidan 2019-yil dekabrigacha "TORSVIK BUILDING TECHNOLOGY" MChJda bosh hisobchi lavozimida faoliyat yuritib mulklar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va asbob-uskunalarni hisobga olish, inventarizatsiyadan o`tkazish, ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, etkazib beruvchilar va mijozlarga to'lanadigan hisob-kitoblarni nazoratda ushlab turish va o`z vaqtida ushbu majburiyatlarni bajarish bilan shug`illangan.
Viktoriya Vyacheslavovna Kim 2018-yil noyabr oyida VIRTUS LEO advokatlik jamoasiga Bosh hisobchi sifatida qoʻshilib, advokatlik firmasining buxgalteriya hisobotlarini to`liq o`z zimmasiga olgan, hozirgi kunda firmamiz mijozlariga buxgalteriya hisobotlarini yuritish, va soliqlar bo`yicha ham maslahatlar berib kelmoqda. Viktoriya Vyacheslavovna Kimning bilimi va tajribasi kompaniyamizning ishonchli va professional buxgalteriya, soliq masalalarida maslahat berish, amaliy yordam ko'rsatishga imkon yaratgan.
Viktoriya Vyacheslavovna Kim DipIFR-Rus sertifikatga ega hisobchi boʻlib, buxgalteriya, soliq hisobotlari bo`yicha kursni 2020 yil mart oyida muvaffaqiyatli yakunlagan. Buxgalteriya hisobi va hisobot berish, buxgalteriya hisobotini yuritish, mijozlar uchun buxgalteriya hisobi, soliq maslahatlarini va moliyaviy muammolarni samarali hal qilish, qonunga rioya qilish bo'yicha amaliy va nazariy ko`nikmalarga ega bo`lib, hozirgi kunda ushbu tajribasi bilan mijozlarning tadbirkorlik faoliyatini samarali amalga oshirish uchun yordam berib kelmoqda.
Viktoriya Vyacheslavovna Kim buxgalteriya sohasida katta bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan yuqori malakali va tajribali hisobchidir. U professional rivojlanishga intilib, moliyaviy hisobotlarning to'g'riligi va ishonchliligini ta'minlash, shuningdek, mijozlarni samarali buxgalteriya tomonidan qo'llab-quvvatlash uchun o'z bilim va tajribasini faol ravishda qo'llamoqda.