Andersen Global sud amaliyoti doirasida Virtus Leo Advokatlik firmasi Andersen Georgia va MG Law yuridik firmasi (Gruziya) bilan hamkorlikda “O‘zbekiston va Gruziya sud tizimlari” mavzusida muvaffaquyatli ravishda seminar o‘tkazdi. 2023-yil 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan tadbir O‘zbekiston va Gruziyadagi chet el sud qarorlarini tan olish va ijro etishning huquqiy asoslari va tartiblari haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat bo‘ldi.
Har uch firmaning huquqshunoslari va mutaxassislari har ikki davlat sud-huquq tizimi haqida batafsil ma’ruza qildilar. Seminar ishtirokchilarga O‘zbekiston va Gruziyadagi chet el sudi qarorlarini tan olish va ijro etish amaliyotiga alohida e’tibor qaratgan holda, huquqiy jarayonlar bo‘yicha chuqur bilim olish imkonini yaratdi.
Taqdimotlar turli jihatlar, jumladan, milliy sudlar tuzilmasi, qonunchilik bazasi va O‘zbekiston hamda Gruziyada faoliyat yuritayotgan nizolarni hal etish mexanizmlarini qamrab oldi. Ishtirokchilarga transchegaraviy huquqiy masalalarni samarali hal etish bo‘yicha amaliy bilim olish imkonini beruvchi ikki davlat yurisdiktiyasi doirasidagi xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etish tartiblariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar ishtirokchilarga huquqning turli soha va tizimlaridagi huquqiyy ekspertlar va mutaxassislar bilan muloqot qilish uchun interfaol platforma yaratdi. O‘zaro fikr va tajriba almashuvi ishtirokchilarga ikki mamlakat sud-huquq tizimini yanada chuqurroq tushunish imkonini berdi va qimmatli kasbiy aloqalarni mustahkamladi.
Virtus Leo AF, Andersen Georgia va MG Law (Gruziya) huquqiy bilimlar almashinuvini osonlashtirish va xalqaro huquq sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga sodiqligini namoyish etdi. Seminarda hamkorlik qilish imkoniyatlari kengaytirildi va O‘zbekiston hamda Gruziya huquqshunoslari o‘rtasidagi kelajakdagi hamkorlikning potensial yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Tashkilotchilar seminarning muvaffaqiyatli o‘tishiga hissa qo‘shgan faol ishtiroki va qimmatli hissasi uchun barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiradi. Virtus Leo AF, Andersen Georgia va MG Law (Gruziya) kelajakda tajriba almashinish borasidagi tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha say-harakatlarini davom ettirishiga umid qiladi.
Alisher Zaynutdinov
Virtus Leo AF
boshqaruvchi hamkori